Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti28-aprel, 2025 · Tahririyat

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Universitetda talabalar dekanati, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari va talabalar ishtirokida giyohvandlikka qarshi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“Biz giyohvandlikka qarshimiz” davra suhbati ishtirokchilari

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov, universitet profilaktika inspektori kapitan Timur Karimov, Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimi podpolkovnik Tolib Abduvaliyev hamda universitet talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida giyohvandlik moddalari iste’molining inson hayoti va salomatligiga yetkazadigan zararli oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, giyohvandlik sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayanchli holatlar aniq misollar asosida talabalarga tushuntirildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish