Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar19-iyul, 2026 · Tahririyat

E’lon: “SAMSMEKO” bitiruvchilarni ishga taklif qiladi

Samarqand shahridagi «SAMSMEKO» MChJ arxitektura va loyihalash yo‘nalishida zamonaviy CAD dasturlarida ishlay oladigan bitiruvchilarni muhandis, dizayner va arxitektor lavozimlariga taklif qiladi.

SDTU e’loni banneri

Samarqand shahar, Spitamen ko‘chasida (163-uy) joylashgan «SAMSMEKO» MChJ arxitektura va loyihalash yo‘nalishida AutoCAD, SolidWorks, Revit, ArchiCAD va FreeCAD kabi zamonaviy SAPR (CAD), 3D CAD dasturlarida mustaqil ishlay oladigan, shuningdek rus yoki ingliz tilida gaplasha oladigan bitiruvchilarni sinov muddati bilan ishga taklif qiladi.

Oylik maosh suhbat asosida o‘zaro kelishiladi.

Vakant lavozimlar: muhandis-quruvchi — 5 ta; dizayner — 5 ta; arxitektor — 5 ta.

Loyihalash byurosi «SAMSMEKO» 2015-yildan buyon faol rivojlanib kelmoqda.

Yuridik manzil: Samarqand shahar, 140102, “Adolat” mahallasi, Beruniy ko‘chasi, 38-uy, 46-xonadon. Ofis manzili: Samarqand shahar, 140102, Spitamen ko‘chasi, 163.

Bog‘lanish uchun: Razzoqov Dilmurod, +998 90 212 19 93. Rasmiy veb-sayt: samsmeko.uz.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Universitet “Karyera markazi” bilan bog‘laning: +998 66 237 12 77.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish