Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro18-may, 2025 · Tahririyat

Bangladesh Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik

Xitoy safarini yakunlagan rektor Dakkadagi Daffodil universitetiga tashrif buyurdi va talabalar almashinuvi, qo‘shma dual dasturlar hamda stajirovkalar yuzasidan muzokara olib bordi.

Rektorning Bangladeshdagi Daffodil universitetiga tashrifi

Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoy Xalq Respublikasi yo‘nalishidagi xizmat safarini yakunlab, universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari geografiyasini kengaytirish maqsadida bugun Bangladesh Respublikasi poytaxti Dakka shahrida joylashgan Daffodil universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida Daffodil universiteti rektori Dr. S.M. Mahbub Ul Haque Majumder boshchiligidagi rahbariyat vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikkala oliy ta’lim muassasasining talaba-yoshlarga, xususan doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ilmiy tadqiqot, qo‘shma dual ta’lim dasturlarini ishga tushirish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalar, talabalar uchun yozgi maktablarni tashkil etish yo‘nalishida o‘zaro ikki tomonlama manfaatli hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida rektor Dr. Chidem Turkyilmaz Daffodil universitetining Arxitektura fakultetida barqaror arxitektura, zamonaviy loyihalash tamoyillari va madaniy meros obyektlarini asrash muammolariga bag‘ishlangan ma’ruza o‘qidi. Ushbu ma’ruzada keltirilgan ma’lumotlar va ilmiy g‘oyalar tadbirda ishtirok etgan soha professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistratura talabalarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish