Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar14-yanvar, 2025 · Tahririyat

Ilmiy seminar: Ismoilov Arslon Isomiddin o‘g‘li (PhD, texnika fanlari)

Ismoilov Arslon Isomiddin o‘g‘lining avtomobil gaz to‘ldirish stansiyalarida gaz tejash usullariga bag‘ishlangan PhD dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy seminar 21-yanvarda SDTUda bo‘lib o‘tadi.

SDTU e’loni banneri

Talabgor Ismoilov Arslon Isomiddin o‘g‘lining “Avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida tabiiy gazni tejash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti huzuridagi PhD.26/27.02.2020.T.109.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminari 2025-yil 21-yanvar soat 11:00 da Samarqand davlat texnika universitetining bosh binosi birinchi qavat 114-xonasida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Ilmiy rahbar: texnika fanlari doktori, professor Boboyev Sobirjon Murodullayevich.

Manzil: Samarqand shahri, SDTU bosh bino.

Barcha qiziquvchi yosh olimlar hamda professor-o‘qituvchilarni taklif etamiz.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish