Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan2-may, 2025 · Tahririyat

Atrof muhitni muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar muhokama qilindi

SDTUda xalqaro ilmiy-texnik konferensiyada xorijiy va mahalliy olimlar atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim monitoringi va yashil energiya masalalarini muhokama qildi.

Atrof muhitni muhofaza qilish konferensiyasi ishtirokchilari

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Atrof muhitni muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada sohaning yetuk mutaxassislari, xorijiy va mahalliy olimlar, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Tadbirda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar va muhokamalar tashkil etildi:

— Atrof muhit va iqlim o‘zgarishini monitoring qilish;

— Chiqindilarni qayta ishlash orqali yashil energiyani rivojlantirish;

— Suv resurslarini muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari;

— Atrof muhit va iqlim o‘zgarishi sohasida kadrlar tayyorlash muammolari;

— Arxitektura va qurilishda ekologik muhofaza texnologiyalari.

Konferensiya davomida ekologik barqarorlik, innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi va atrof muhitga ta’sirini kamaytirish masalalari yuzasidan qimmatli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur xalqaro anjuman atrof-muhit sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, ekologik muammolarga ilm-fan asosida yechim topish hamda tajriba almashuvini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish