Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti21-yanvar, 2025 · Tahririyat

“Antikorrupsiya” talaba-yoshlar klubi faoliyati muhokama qilindi

Klub 2025-yilgi ish rejasini muhokama qildi va korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlarini belgiladi.

“Antikorrupsiya” klubi yig‘ilishi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi qoshida faoliyat yurituvchi “Antikorrupsiya” talaba-yoshlar klubi 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazdi.

Klub koordinatori Beknazar Abdukarimov klubga yangi qabul qilingan a’zolar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Shu bilan birga, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi mutaxassisi Musavvara Ibragimova klubning asosiy vazifalari haqida tushunchalar berdi.

U quyidagi yo‘nalishlarda ish olib borish zarurligini ta’kidladi:

— Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga “nol” darajadagi toqatsizlikni shakllantirish.

— Targ‘ibot-tashviqot ishlari orqali shaffoflikni ta’minlash va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.

— Talabalar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish: davra suhbatlari, fleshmoblar, tanlovlar va boshqa loyihalar.

— Korrupsiyaning mazmun-mohiyati va kelib chiqish sabablari haqida keng omma bilan ishlash.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish