Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro29-may, 2025 · Tahririyat

Andijonda O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari I forumi o‘tkazildi

Andijon davlat universitetida o‘tgan forumda SDTU birinchi prorektori Juramirza Qayumov ishtirok etib, uchta Ozarbayjon universiteti bilan hamkorlik memorandumlari imzolanishiga guvoh bo‘ldi.

Andijondagi rektorlar forumida hamkorlik memorandumi imzolanmoqda

28–29-may kunlari Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida birinchi forum bo‘lib o‘tdi.

Ushbu forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Juramirza Qayumov ishtirok etdi.

Forum doirasida uchta nufuzli Ozarbayjon universiteti — Boku davlat universiteti, Ozarbayjon texnika universiteti va Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti — bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma fakultetlar va ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi hamda rektorlar o‘rtasida tajriba almashish va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish