Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro24-aprel, 2025 · Tahririyat

Akademik mobillik doirasidagi xalqaro hamkorlik davom etmoqda!

Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat yer tuzish universitetining talaba va o‘qituvchilari 9–23-aprel kunlari SDTUda akademik mobillik dasturi doirasida tahsil oldi; tashrif yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.

Rossiyalik talaba va o‘qituvchilarga sertifikat topshirish marosimi

2025-yil 9–23-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva davlat yer tuzish universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida bo‘lishdi.

Akademik mobillik dasturi Qurilish fakultetining “Geomatika muhandisligi” kafedrasi va Arxitektura fakulteti Arxitektura kafedralarida muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Tashrif davomida 6 nafar talaba hamda o‘qituvchilar darslarda faol ishtirok etdi, ilmiy-amaliy faoliyat bilan shug‘ullandi.

Ular Samarqand va Buxoroning boy madaniy merosi bilan tanishishdi hamda xalqaro konferensiyalarda ishtirok etishdi.

Tashrif yakunida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xorijlik talabalarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirdi hamda talabalarning kelgusi faoliyatlarida zafarlar tiladi.

Ilm-fan va ta’limda chegara yo‘q – xalqaro hamkorlik davom etadi!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish