Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar23-noyabr, 2025 · Tahririyat

Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovi

8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qildi; hujjatlar 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

SDTU e’loni banneri

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

Maqsad: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni, fuqarolarning erkinligi va farovonligini ta’minlashdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalarni aniqlash va rag‘batlantirish.

Tanlovda ishtirok etishlari mumkin: universitet talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar.

Maqolaga qo‘yiladigan talablar: hajmi 5–6 varaq; shrift Times New Roman, 14 o‘lcham; qator oralig‘i 1,15; xat boshi 1,0 sm; dolzarblik aniq yoritilishi shart; ko‘chirmachilik qat’iyan man etiladi.

Maqolalar IMRAD talablari asosida quyidagi tartibda tayyorlanadi: sarlavha, muallif(lar)ning F.I.Sh., annotatsiya, kalit so‘zlar, kirish, o‘rganilish darajasi, metodologiya, natijalar muhokamasi, xulosa va foydalanilgan manbalar.

Maqolalarni topshirish muddati: 2025-yil 30-noyabrga qadar (maksimum uch nafar muallif yoki yakka mualliflik); telegram raqami: +998 99 846 86 25.

G‘oliblarni taqdirlash: g‘oliblar 2025-yil 4-dekabr kuni universitet faollar zalida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda e’lon qilinadi va maxsus rag‘batlantiriladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish