Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar16-aprel, 2025 · Tahririyat

50 yildan so‘ng qayta uchrashuv – SDTUda tarixiy lahza!

1975-yilgi bitiruvchilar oradan yarim asr o‘tib, dunyoning turli mamlakatlaridan universitetga qayta tashrif buyurishdi va rektor Dr. Chidem Turkyilmaz bilan xotiralar bilan o‘rtoqlashishdi.

1975-yilgi bitiruvchilarning 50 yildan so‘ng qayta uchrashuvi

Samarqand davlat texnika universitetining 1975-yilgi bitiruvchilari oradan yarim asr o‘tib, yana qadrdon dargohlarida jam bo‘lishdi!

Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan faxriy bitiruvchilarni universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz samimiy tabriklab, bu uchrashuvni ilm, sadoqat va qadriyatlar timsoli ekanligini e’tirof etdi.

Tadbirda shuningdek ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov va talabalar ishtirok etishdi.

Bitiruvchi Yanbo‘latov Rashid Munirovich (Moskva shahri) iliq xotiralar bilan o‘rtoqlashdi:

“1970–1975-yillarda bu dargohda tahsil olganman. 50 yildan so‘ng yana shu muhtasham binolar bag‘rida turish baxti – beqiyos tuyg‘u! O‘sha paytda bizga butun Ittifoqdan eng malakali o‘qituvchilar saboq bergan. Bu dargohning dong‘i hammaga ma’lum edi! Bu dargohdan dunyo miqyosidagi mutaxassislar chiqqan. Men o‘zim dastlab O‘zbekistonda, keyinchalik Yugoslaviya va Rossiya davlatlarining yirik korxonalarida quruvchi, bosh muhandis lavozimlarida, Mudofaa vazirligining harbiy loyihalarida faoliyat yuritdim.”

Tadbir yakunida bitiruvchilar universitet muzeyiga esdalik sovg‘a topshirishdi, o‘z navbatida universitet tomonidan ham ularga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Bu uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi uzviylik, ustoz-shogird an’analari va sadoqat ramziga aylandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish