Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar21-oktabr, 2025 · Tahririyat

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni nishonlandi

Samarqanddagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi; unda SDTU jamoasi ham ishtirok etdi.

O‘zbek tili bayramiga bag‘ishlangan tadbir

Bugun, 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida so‘z mulkining sultoni — Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida ona tilimizning buyukligi, uning boy tarixiy merosi, bugungi kundagi o‘rni va davlat hamda jamiyat rivojidagi beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbirda tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish qilinib, ishtirokchilarda yuksak faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish