Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar11-avgust, 2026 · Tahririyat

2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘iga muvofiq, SDTUda 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul kvotalari tasdiqlandi; kirish imtihonlari dasturlari universitet veb-saytida e’lon qilinadi.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘iga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul kvotalari tasdiqlandi.

Mazkur qarorga asosan, universitetda oliy ta’limdan keyingi ta’limning tegishli ta’lim shakllari va ixtisosliklari bo‘yicha qabul jarayoni amalga oshiriladi.

Shuningdek, barcha talabgorlarni tegishli ixtisosliklar bo‘yicha kirish imtihonlari va suhbatlarning dasturlari universitetning rasmiy veb-saytiga joylashtirilayotganligi haqida xabardor qilamiz.

Talabgorlar kirish imtihonlari va suhbatlarning dasturlari, mazmuni hamda o‘tkazilish tartibi bilan universitetning rasmiy veb-sayti orqali batafsil tanishib borishlari mumkin.

Eslatma: oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul jarayoni, kirish imtihonlari va suhbatlar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Hurmatli talabgorlar, qabul jarayoni bo‘yicha yangiliklar va muhim e’lonlarni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti, Oliy ilm-fan maktabi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish