Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar9-sentabr, 2025 · Tahririyat

2025/2026-o‘quv yilgi SUPER-KONTRAKT bo‘yicha yangiliklar va o‘zgarishlar

2025/2026-o‘quv yili uchun SUPER-KONTRAKT tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi: 10 foizlik chegirma va giper kontrakt bekor qilindi, ustuvorliklar bo‘yicha qabul shartlari yangilandi.

SDTU e’loni banneri

2025/2026-o‘quv yili uchun SUPER-KONTRAKT tartibiga bir qator muhim o‘zgartirishlar kiritildi.

Super kontrakt uchun 10 foizlik chegirma bekor qilindi.

Giper kontrakt — 56,7 balldan past to‘plaganlar uchun — bekor qilindi.

6-yo‘nalishda o‘qishga kira olmagan abituriyentlar endi qo‘shimcha 5 ta yo‘nalishga hujjat topshirib, super kontrakt asosida o‘qish imkoniyatiga ega.

2-, 3-, 4- va 5-ustuvorlikka tavsiya etilganlar ham endi 1-ustuvorlik bo‘yicha super kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi; 1,5x, 2x, 2,5x va 3x ko‘paytmalar bekor qilindi.

Grantga qabul qilinganlar ham 1-ustuvorlikni super kontrakt asosida tanlashlari mumkin.

Agar abituriyent 1-ustuvorlikka qabul qilingan bo‘lsa, 2-, 3-, 4- va 5-ustuvorliklarga hujjat topshira olmaydi.

Agar besh ustuvorlikdan birortasiga ham kira olmasa, abituriyent ball farqiga qarab istalgan yo‘nalishga ariza topshirishi mumkin.

Maqsadli kvota asosida qabul qilinganlar boshqa ustuvorliklarga ariza topshira olmaydi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish