Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti6-sentabr, 2025 · Tahririyat

2025-2026-o‘quv yili: tanishuv haftaligiga start berildi

1-bosqich talabalari uchun “Orientation Week 2025” tanishuv haftaligi ochildi; rektor Dr. Chidem Turkyilmaz yangi talabalarni tabrikladi, ikki hafta davomida ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

“Orientation Week 2025” tanishuv haftaligi ochilish marosimi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun “Orientation Week 2025” tanishuv haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz nutq so‘zlab, 1-bosqich talabalarini unutilmas onlar – talabalik davri boshlanayotgani bilan qutladi va o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

2025/2026-o‘quv yilining dastlabki 2 haftasida universitetda “Orientation week 2025” tanishuv haftaligi loyihasi doirasida bir qator ilmiy, ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi – talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashishiga ko‘maklashish, yoshlar uchun tashkil etilgan loyiha va tanlovlar, yaratilgan sharoitlar va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish