
Bugundan boshlab universitetda 2024/2025-o‘quv yilining bahorgi semestri birinchi oraliq nazorat haftaligi rasman boshlandi. Ushbu nazoratlar talabalarning semestr davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda o‘quv jarayonining samaradorligini tahlil qilishda muhim bosqich hisoblanadi.
Oraliq nazoratlar shaffoflik va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilgan holda, oldindan tasdiqlangan jadval asosida barcha fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Har bir auditoriyada nazorat jarayoni monitoringi kuchaytirilib, talabalar uchun teng imkoniyatlar ta’minlanmoqda.
Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar nazoratlarning to‘liq ochiq va shaffof o‘tishini qat’iy nazoratga olgan. Bu orqali bilimli va mas’uliyatli yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim tizim amalda tatbiq etilmoqda.
Ushbu haftalikda ishtirok etayotgan barcha talabalarga kuch-g‘ayrat, yuksak natijalar va omad tilaymiz!